Kontent qismiga oʻtish

Chung-Ang universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chung-Ang universiteti
koreyscha: 경희대학교
Shiori Haqiqatda yasha,adolat uchun yasha
Turi xususiy
Asos solingan sanasi 1918 (106 yil avval) (1918)
Prezidenti Yoon Suk-yeol
Rektori Sang-Gue Park
Fakultetlar 2,055 ta
Talabalari 21,847
Bakalavriat 14,506
Magistratura 7,341
Kampusi Seoul va Anseong
Veb-sayti cau.ac.kr
neweng.cau.ac.kr

Chung-Ang universiteti (CAU) — Janubiy Koreyaning Seul shahridagi xususiy tadqiqot universitetidir . Universitet ikkita kampusga ega: Seulning Dongjak tumanida joylashgan asosiy kampus va Anseong provinsiyasida joylashgan qo‘shimcha kampus. 1916–yilda cherkov tomonidan boshqariladigan bolalar bogʻchasi sifatida tashkil etilgan CAU 1922-yilda maktabgacha taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun maktabga aylantirildi[1] va 1953–yilga kelib universitet maqomiga ega boʻldi[2]. Universitet 2018-yilda oʻzining yuz yillik yubileyini nisholladi. Chung-Ang universitetining ramzi - moviy ajdahodir. Bu CAUning muqaddasligi, hokimiyati, erkinligi va abadiy farovonligini ifodalaydi[3].

Chung-Ang universiteti 1918–yil aprel oyida Insa-dong, Jongno-gu, Seulda joylashgan Chung-Ang cherkoviga qoʻshimcha sifatida Chung-Ang bolalar bogʻchasini tashkil etish bilan boshlandi. Ikkinchi jahon urushi davrida Koreya–Yaponiya munosabatlari yomonlashadi.Yapon kuchlarining bosimi ostida maktab yangi talabalarni qabul qila olmadi va 1944- yilda vaqtincha yopildi.Yaponiya magʻlubiyatga uchragab,Koreya ozod boʻlgach, 1945-yil 28-sentyabrda Chung-Ang oʻqituvchilar tayyorlash maktabining eshiklarini qayta ochdi va maktab shiori „Haqiqatda yasha, adolat uchun yasha“ deb belgilandi. Oʻsha yilning 1-oktyabrida Chung-Ang oʻqituvchilar tayyorlash maktabi Chung-Ang ayollar kasbiy maktabi nomi ostida qayta tashkil etildi.

Mavjud fakultetga asoslangan tizim 2014- yilda funksional vitse-prezidentlik tizimiga almashtiriladi va har bir kollej dekan tomonidan boshqariladi. 2014-yil holatiga koʻra universitet tarkibida 12 ta kollej va 49 ta kafedra mavjud.

Chung-Ang universiteti ( CAU ) 2020-yil Times Higher Education (THE) universitetlar reytingida ijtimoiy fanlar toifasida uchinchi va Koreya universitetlari orasida taʼlim boʻyicha beshinchi oʻrinni egalladi. JoongAng jurnali tomonidan 2019-yilgi Koreya universitetlari reytingiga ko'ra, CAU kino, drama va teatrshunoslik sohalarida birinchi oʻrinni egalladi[4][5].

  1. „Chung-Ang as a Professional Education Institution Andoza:Pipe Chung-Ang University“. Neweng.cau.ac.kr. 2013-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
  2. „Chung-Ang as a University Andoza:Pipe Chung-Ang University“. Neweng.cau.ac.kr. 2013-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
  3. „상징 | 대학상징 | 대학소개 - 중앙대학교“.
  4. Overall ranking:2013年大學評估中, POSTECH時隔五年再次問鼎 (Chinese), Korea Joongang Daily Chinese version, 2017-10-07.
  5. Best film school in Korea (Wayback Machine saytida 2014-03-21 sanasida arxivlangan) (Chinese), Chung-Ang University official website.